Vazirlar Mahkamasining qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Endi bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
2022 yilda maktabni bitirgan 295 393 nafar o‘quvchi OTMga hujjat torshirdi. Ularning 85 869 nafari (23%) talaba bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 4 foizga, 2020 yilga nisbatan 12 foizga oshgan. O‘quvchilari o‘tish balini to‘play olmagan 519 ta umumta’lim maktabi alohida nazoratga olindi.
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotga qadam tashlayotganlari bilan tabrikladi. Prezident O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakatiga aylanib borayotganini ta’kidlab, oldiga aniq maqsad qo‘ygan yoshlarning ko‘zlagan cho‘qqilarga erishishlariga ishonch bildirdi.
Joriy o‘quv yili yakunida 5−6−7−8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi. Ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va maktab-internatlar esa buni ichki nizomiga ko‘ra bajaradi. Shuningdek, dam olish kunlari hisobiga 9-sinf bitiruvchilari «Jismoniy tarbiya» fanidan yakuniy nazorat imtihonlarini har yilgidek 2−7 may kunlari emas, balki 11−14 mayda topshiradi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. «Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?», — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting